Choʼpon yoʼrgʼaga minib,
Qoʼylarini boqadi.
U xalol mexnat qilib,
Oʼziga non topadi.

Zerikkanda nayini,
Charchaguncha puflaydi.
Qoʼraga qamab qoʼyni,
Soʼngra yotib uxlaydi.

Ertalab azon payti,
Oʼrnidan dast turadi.
Qoʼylarini oʼtlatib,
Yaylov tomon yuradi.

Choʼponlar qilgan mexnat,
Balkim tuyular ogʼir.
Xar qandayin mashaqqat,
Аjri bilanku, axir!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz