Salom kundosh — dugonam,

Biz emasmiz begona.

Tugʼilgan kuning bu kun,

Ziyofat boʼlsin toʼkin.

Senga deb tort pishirdim,

Soda solib shishirdim.

Ichiga soldim zaxar,

(Uzr, zaxarmas «saxar»).

Qaytariqni bilmayman,

Men unaqa qilmayman.

Tort faqat sening uchun,

Yesang, koʼrsatar «kuchin»!…

Kundoshim, omonmisan,

Oʼzingcha bek, xonmisan?

Dimogʼdorsan namuncha,

Turgin dunyo turguncha.

(Indamayman buguncha),

Sababi bordir buning,

Bugun tugʼilgan kuning,

Boʼlay seni oʼtining,

(Chiqsin uchun tutuning!).

Qutlay tavallud bilan,

Sovgʼa oldim did bilan.

Sovgʼam tikanli guldir,

(Baribir u xam puldir!…)

Salom senga kundoshim,

(Oʼzim pishirgan oshim,

Oʼrgilib xam ichaman,

Аylanib xam ichaman).

Tugʼilgan kuning bilan,

Oʼzim aytaman oʼlan.

Oʼsha bir-birimizni,

Tanigan kunimizni,

Sharaf bilan eslayman,

(Va laʼnatlab tashlayman).

Sen paydo boʼlib, keyin,

Bizga qilding koʼp qiyin.

Mayli shunday boʼlsa xam,

Quvonchni koʼrib baxam,

Tavallud ayyomingda,

Birga turib yoningda,

Senga beraman sharbat,

(«Rejam» boʼlmasa barbod!…)

Kiyimni yaltiratgan,

Koʼzini moʼltiratgan,

Xayotimga chang solib,

Soʼng axvoli tang qolib,

Diy-diyoni boshlagan.

Koʼzlarini yoshlagan,

Kundoshimga bir salom!…

Аvrab, aldab, unatib,

SMS lar joʼnatib,

Qaytariq. irim qilgan,

Baxtimni yarim qilgan,

Xaqiqat qaror topib,

Etakni boshga yopib,

Аvvaliga kerilgan,

«Qidiruv»ga berilgan,

Kundoshimga bir salom!…

Meni nazarga ilmay,

Bosar-tusarin bilmay,

Men bilan oʼyin qilgan,

Oʼziga qiyin qilgan,

Kundoshim ayyom bilan,

Qutlayman sovgʼam bilan!…

(Аslida sovgʼa esiz,

Lekin nima xam dersiz!…)

«Kundosh» — soʼzin maʼnosi:

«Dosh ber — koʼrgan kuninga»,

Bu tinch turmush «vabo»si,

Ega boʼl, oʼz oʼrninga.

Mashoyixlar aytarlar,

«Kechirimli boʼlinglar!».

Bordir bundan battarlar,

Kechiraylik kelinglar.

Bugun «aziz» kundoshim,

Tavallud kuni ekan,

Bugun men shu «yuvosh»ni,

Tabriklay qoʼyay sekin!…

(Yamlamay yutar toshni,

Аgar boʼlsa u tekin!…)

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz