Bojam uyida bugun,
Xammayoq sarpo, tugun.
Toʼyning xarakati zoʼr,
(Ishonmasang kelib koʼr).
Turnaqator mexmonlar,
Bojam oʼzi mezbonlar.
Ikki tadbir bir butun,
Xam toʼy, xam tugʼilgan kun.
Choʼntaklar toʼlgan pulga,
Bojam koʼz tikar yoʼlga.
(Xoxlamasa xam oʼzi,
Qoʼlga qaraydi koʼzi).
Iljayib, kular nuqul,
(Sabab, choʼntakdagi pul!).
Bitta uyda bizlar xam,
Palovni koʼrib baxam,
Xech narsadan boʼlmay kam,
Mexmon boʼldik rostdan xam.
Bizniki uyning toʼri,
Xammasidan xam zoʼri,
Oʼtgangi ish boʼlmadi,
«Mexmon» kelib qolmadi.
(Oʼtgan gal «mexmon» kelib,
Oshimiz ketdi qolib!).
Bojaning kayfi taraq,
Tugʼilgan kun muborak!…