Jang borar, shovqin-suron,
Boʼlgan kabi zoʼr boʼron.

Xammayoq tutun edi,
Аnqirdi porox xidi.

Yondi dushman tankasi,
Kelaverdi yangisi.

Juda qattiq jang boʼldi,
Dushman xoli tang boʼldi.

Faqat bitta tank qolgach,
Snaryad tamom boʼlgach,

Jiddiylashdi vaziyat,
Chekinish esa uyat.

Bir askar tez yugurib,
Granata sugʼurib,

Dushman tankin daf qildi,
Oʼzi yerga yiqildi.

Аskar jon berdi, biroq,
U bizdan emas yiroq.

U askarni kelajak,
Doim esga olajak!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz