Tanishtiray oʼzimni,
Mening ismim dorbozdir.
Bogʼlab xatto koʼzimni,
Dorda oʼynashim rostdir.

Ustida baland dorni,
Yuraman tap tortmasdan.
Xar turli oʼyinlarni,
Bajaraman qoʼrqmasdan.

Doimo insonlarga,
Yuraman zavq ulashib.
Dor oʼyini ertaga,
Kelinglar birgalashib.

Sizdan ochigʼi menga,
Xech narsa kerak emas.
Loyiq boʼlsam taxsinga,
Bitta qarsak boʼlsa bas!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz