O‘zbek teletomoshabinlari qalbidan joy olgan, 2015-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Sevgi iztirobi” turk serialining suratga olish maydonchasidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Yandeks Dzen”

Har ikki ijodkor ham ushbu mavzu haqida fikr bildirishni istamaydi. Suratga olish jarayonining boshida hammasi yaxshi bo‘lgan keyinchalik esa ular o‘rtasidagi munosabatlar darz ketgan. Buning sababi turli taxminlar bilan bilan bog‘lanadi, ammo eng ko‘p tarqalgan va haqiqatga yaqini Neslixonning turmush o‘rtog‘i Kadirning rashki sabab hisoblanadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Ajablanarlisi, “Sevgi iztirobi”ga qadar Kadir va Burak do‘stona munosabatda bo‘lgan hatto “Kichik sirlar” filmida birga suratga tushgan. Lekin “Sevgi iztirobi”da Neslixon va Burakning sevishganlar roliga kirishib ketganini aktrisa turmush o‘rtog‘ining asablari ko‘tara olmagan. O‘sha vaqtda boshlangan sovuqchilik bugungi kunda ham o‘z ta’sirini yo‘qotmagan, aktyorlar o‘rtasida salom-alik yo‘qolgan. Qizig‘i filmda Nihon, Amirdan nafratlangan, lekin hayotda Neslixon, Burakdan farqli o‘laroq Kaan bilan iliq munosabatda.

Foto: “Yandeks Dzen”

Qiziqarli fakt: Serial qahramonlari yashagan uy dekoratsiya va u filmni suratga olish jamoasiga ijaraga berilgan.

Bosh qahramonlar o‘rtasidagi sovuqchilikni hisobga olmaganda suratga olish maydonchasida yaxshi muhit bo‘lgan. Burak hazillari bilan jamoani kuldirgan, raqslari bilan boshqalar kayfiyati ko‘tarilishiga sababchi bo‘lgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Kaan Urganjio‘g‘luning tanaffus vaqtidagi eng sevimli mashg‘uloti filmdagi o‘gay qizi “apelsin” Arven Beren bilan o‘ynash bo‘lgan. Filmda chaqaloq bo‘lgan Arven hozir 4 yoshda. Uning Instagram sahifasida 900 ming kuzatuvchi bor.

Foto: “Yandeks Dzen”

Qiziqarli fakt: Amir rolini avvaliga aktyor Furkan Andich ijro qilishi kerak bo‘lgan. Lekin noaniq sabablarga ko‘ra u mazkur loyihada ishtirok etishdan bosh tortgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Film fojia bilan tugaganiga qaramay, suratga olish ishlari yakunlanganidan so‘ng ijodkorlar uchun ziyofat tashkillashtirilgan va jamoaning har bir a’zosi mazkur loyihani iliq xotiralar bilan esga olishini ta’kidlagan.

Foto: “Yandeks Dzen”

2017-yilda “Sevgi iztirobi” eng yaxshi xorijiy telenovella yo‘nalishi bo‘yicha Emmi mukofotiga loyiq deb topilgan. “Sevgi iztirobi” mazkur mukofot berilgan ilk turk seriali bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Sevgi iztirobi” Zo‘r TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017-yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. 2018-yil fevral oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Sevgi iztirobi” serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishi to‘xtatilgan edi. O‘shanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi. Zo‘r TV telekanali 2019-yil iyul oyida “Sevgi iztirobi” efirga uzatilishini ma’lum qildi. 30-iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi. 31-iyul kuni esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa ko‘ngilochar ko‘rsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganiga izoh berilmadi.

От qwert.uz