“Qora Pantera” filmi yulduzi Chedvik Bouzman vafot etdi
Amerikalik aktyor, “Qora Pantera” (2018) filmida bosh rol ijro qilgan 43 yashar Chedvik Bouzman saraton tufayli vafot etdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: “TASS”
Ta’kidlanishicha, 2016-yil Bouzmanning yo‘g‘on ichagida saraton borligi aniqlangan. Chedvik Los-Anjelesda joylashgan uyida, oila davrasida hayotdan ko‘z yumgan.
Ma’lumot uchun aktyor 1976-yilda AQShda dunyoga kelgan. U “Adolat” (2011), “42” (2013), “Misr Xudolari” (2016), “Kapitan Amerika: Jahon urushi” (2016), “Marshall”(2017), “Qasoskorlar: Abadiyat urushi” (2018), “Qasoskorlar: Final” (2019), “21 ko‘prik” (2019) singari filmlarda rol ijro qilgan.