29-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Turkiyaga kelin bo‘lgan aktrisa Nargiza Salmonova yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Javohir Zokirov o‘g‘li bilan Maykl Jekson tavallud topgan sana munosabati bilan afsonaviy san’atkorning raqslaridan ijro etdi.
Komik aktrisa Halima Ibragimova O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning yangi ta’mirdan chiqqan xonadonida bo‘lib, hashamatli uydan videolar ulashdi.
Aktrisa Bahora Arslonova Samarqandda tandirda pichak yopdi.
Xonanda Shahlo Ahmedova kasbini o‘zgartirdi. U treyding sohasi bilan shug‘ullanayotganini bildirdi.
Hind aktrisasi Karishma Kapur qarindoshlari bilan tushgan surati bilan bo‘lishdi. Ushbu suratda Kapurlar sulolasining ko‘plab vakillarini ko‘rish mumkin.
Durdona Qurbonova o‘zini boshlovchilikda sinab ko‘rdi.
Botir Qodirov kuylayotgan to‘yda tok o‘chib qoldi. Xonanda esa kuylashda davom etdi.
Sitora Farmonova ota-onasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Rayhon sevimli itini topishga yordam berganlarga minnatdorchilik bildirdi.
Feruza Normatova yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Davron Kabulov Farhod Saidovga haligacha “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni berilmaganidan hayratda ekanligini bildirib, san’atkorlarni tirikligida qadrlashga chaqirdi.