O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining 2-sentabrda bo‘lib o‘tgan dastlabki kun natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ma’lum qilinishicha, 2-sentabr kuni test sinovlaridan o‘tgan abituriyentlar o‘z natijalarini shaxsiy kabinetlari orqali ko‘rishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2-sentabr kuni O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari boshlandi. Dastlabki kungi test sinovlarida jami 118 500 nafar abituriyent ishtirok etishi kerak edi. Amalda 112 188 nafar abituriyent testga keldi. 6 312 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra testda ishtirok etmagan.

От qwert.uz