O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 2-sentabrdan stadionlarda va xiyobonlarda boshlandi. Talabalikka nomzod bo‘lgan abituriyentlar ochiq osmon ostida kirish imtihonlari testlarini yechmoqda. Pandemiya sababli har yilgidan o‘zgacha o‘tayotgan imtihonlarga AQShning The New York Times gazetasi ham e’tibor qaratdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Telegram / “davletovuz”
Imtihonlarning birinchi kunida Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan test sinovlari aks etgan surat The New York Times gazetasining 3-sentabr kuni chiqqan soni muqovasida chop etildi.
Imtihonlar haqidagi surat va gazetada e’lon qilingan maqola o‘zbekistonlik jurnalist Muhammadsharif Mamatqulov tomonidan taqdim etilgan.
Foto: Telegram / “Kurbanoff.net”
Maqolada 2020-yilda O‘zbekiston OTMlariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni va qabul kvotalari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, mamlakatda karantin cheklovlarining yumshatilishi haqida ham so‘z borgan.