XX asr oxirlarida Aston Martin Lagonda ustida ishlagan dizayner Uilyam Taunson tomonidan yaratilgan Interstyl Design firmasi Hustler kit-karlarini sotgan. E’tiborli jihati, xaridor faqatgina chizmasi uchun pul to‘lagan, kuzov detallari va harakatga keltiruvchi qismlarni o‘zi mustaqil tayyorlagan. Jami 500 nusxa Hustler sotilgan va hozirda ulardan biri Stonecoldclassics sayti orqali 11 ming yevroga sotilmoqda, deb xabar beradi Motor — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Stonecoldclassics
Bugungi kunda Hustler nusxalarning tayyor variantidan nechtasi saqlanib qolgani noma’lum, biroq ularning har birining qo‘lda yig‘ilgani kit-karlarni nafaqat noyob, balki eksklyuziv modelga aylantiradi. Sotuvga qo‘yilgan namunani 1982-yilda mister va missis Shepartlar yig‘gan bo‘lib, ular avtomobilda 8,4 ming kilometr yo‘l bosgan.
Foto: Stonecoldclassics
Avtomobil kuzovi va saloni kemalarni yasashda ishlatiladigan fanerlardan tayyorlangan, uzatmalar va agregatlari Mini’niki, old optikasi Hillman Avenger’ga, orqa faralari esa Triumph Dolomite’ga tegishli. Shuningdek, Diat Strada, Mini Cooper (old tormoz diskalari), Citroen, Daimler Sovereing (old o‘rindiqlar), Wood & Pickett (rul) detallaridan ham foydalanilgan.
Foto: Stonecoldclassics
Foto: Stonecoldclassics
E’lon muallifining yozishicha, avtomobil ideal holatda, shuningdek, u ko‘rsatilgan texnik xizmatlar bo‘yicha hisobni va zarur hujjatlarni taqdim etishga va’da bergan. Bundan tashqari, mashinaning bo‘lajak egasiga Uilyam Taunson tomonidan imzolangan xat va 1980-yillarda chop etilgan avtomobil jurnallari jamlanmasi taqdim etiladi.
Foto: Stonecoldclassics
Foto: Stonecoldclassics