Sholgʼom ekdi chol bir kun,
Sholgʼom oʼsdi kundan-kun.

Oxiri boʼldi katta,
Kovlash kerak albatta.

Chol «ertak»ni unutdi,
Va yangicha ish tutdi.

Traktorchini tezda,
Chaqirdi oʼsha kezda.

Traktorchi chol uchun,
Sarfladi bor kuchin.

Bandiga bogʼlab tross,
Tortib oldi, gapim rost.

Yerdan «shartta» sugʼurdi,
Soʼng ishiga yugurdi.

Ekkan sholgʼomini chol,
Kovlab oldi bemalol.

Muammoni shu tarzda,
Xal qilibdi bir pastda.

Eski uslubdan endi,
Voz kechish payti keldi!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz