Uyim sovuq, tashqaridan xam,
Uxlolmaskan sovuqda odam.

Erinaman pechka yoqmoqqa,
Choʼzilaman sekin yotmoqqa.

Koʼzimni chirt yumsam xam garchi,
Qani endi uyqu kelsachi.

Oʼtin boru, uni yoqmoqqa
Kim qoʼyibdi menday axmoqqa.

Boʼlsa xamki, tashqarida qor,
Dangasalik tomirimda bor.

Imkon boru, xoxish yoʼq lekin.
Uxlay qolay, yaxshisi sekin!

(Uxlab qoldi gʼaflat bosgancha,
Bunday tanbal xayotda qancha?…)…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz