Shamol boʼlsam… (sheʼr)

Shamol boʼlsaydim qani,
Olamni kezar edim.
Barcha sir — sinoatni,
Javobin izlar edim.

Vaqtni qoʼldan boy bermay,
Toʼrt tomonga uchardim.
Sira oʼylab oʼtirmay,
Koinotni «quchardim».

Аytsam agar, xaq gapni,
Shamol boʼlish shart emas.
Sirlarni zabt etgani,
Bilimli boʼlsangiz bas!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF