Eʼzoz koʼrganda… (sheʼr)

Qarasangiz, toyning boʼynida,
Qoʼngʼiroqcha bezab turadi.
Shakli oʼxshab, togʼning qoʼynida,
Аlvon lola qarab turadi.

Lola faqat qoʼngʼiroq kabi,
Taratmaydi jarangdor ovoz.
Gul bargidan qizlarning labi,
Rang tanlashga uringani rost.

Аybi xam bor, xidi uning «dund»,
Lek goʼzallik timsoli lola.
Chiroyiga boʼlgancha maftun,
Uzib olar uni qiz bola.

Tugʼiladi baxor kelganda,
Qisqa fursat yashaydi, biroq,
Insonlardan eʼzoz koʼrganda,
Yashaganday boʼladi uzoq!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF