Qalbi oq… (sheʼr)
Yaqin yursang qozonga,
Toʼgʼri kelmas mezonga.
Qorasidan ilashar,
Soʼng insonlar kulishar.
Qozon bari-bir qora,
Lek taomilga koʼra,
U xech kimni chorlamas,
Qora qilib, xoʼrlamas.
Rangi boʼlsada, qora,
Qalbi oqligin qara!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF