“Daryo” dunyo va o‘zbek boksi hamda MMA yulduzlarining Instagram tarmog‘ida obunachilari bilan bo‘lishgan eng so‘nggi suratlari va yangiliklarini taqdim etadi.

Hammaga shirin farzand berishini tilagan Bahodir Jalolov. Tokio Olimpiadasini oltin medalini ko‘zlayotgan Jalolov kichik Muhammad Saloh bilan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Instagram / @bakhodirdjalolov

AQShda bo‘lib turgan Isroil Madrimov esa hayot go‘zal ekanligini ta’kidlab ushbu suratni qoldirdi

Foto: Instagram / @israil_madrimov

AQShda professional boksdagi navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Elnur Abduraimov mashg‘ulotlar zalida

Foto: Instagram / @elnur.abduraimov

Professional boksning ikkinchi yarim yengil vazn (-55, 34 kg) toifasida IBF va WBA kamarlarini qo‘lga kiritgan Murodjon Ahmadaliyev va bodibilding ustasi Rashid Jalolov mashg‘ulotlardan so‘ng suratga tushishga ham vaqt topdi

Foto: Instagram / @murodjon_akhmadaliev

Kaliforniya sohillaridagi Shahram G‘iyosov

Foto: Instagram / @shakhram__giyasov

Hasanboy Do‘stmatov esa ustozi Ziyatdinbek To‘yg‘onboyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Foto: Instagram / @dusmatov_hasanboy

Qamchiq dovonini piyoda bosib o‘tishga shaylangan Iqboljon Xoldorov. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Iqbol tez orada professional boksga o‘tadi

Foto: Instagram / @iqboljon_xoldorov

“Hammani sotdi degan xabardan ko‘ra, seni o‘ldi degan xabar kelgani yaxshi” deya mashg‘ulot vaqtidagi surati bilan bo‘lishgan Shohjahon Ergashev

Foto: Instagram / @shohjahonergashev_official

Habib Nurmagomedov yangi loyihani ishga tushirayotganini e’lon qildi va suratga olish jarayonidan ushbu suratni muxlislariga taqdim qildi

Foto: Instagram / @khabib_nurmagomedov

Eng so‘nggi boks, MMA yangiliklarini, eng so‘nggi jang musobaqalari videolarini Telegram’dagi @ufcboxuz kanalidani topishingiz mumkin. Obuna bo‘lish — havola.

Meksika o‘zining Ispaniyadan mustaqillikka erishganining 210 yilligini nishonlamoqda. Asli kelib chiqishi meksikalik bo‘lgan Toni Fergyuson esa barcha vatandoshlarini mustaqillik bayrami qutladi

Foto: Instagram / @tonyfergusonxt

Konor Makgregor ayni damda oilasi bilan dam olayotganini ushbu surat bilan bildirib qo‘ydi

Foto: Instagram / @thenotoriousmma

Mashg‘ulotlar zalidagi baxtiyor yigit — Entoni Joshua

Foto: Instagram / @anthonyjoshua

Sparring raqiblari bilan mashg‘ulot olib borayotgan Mahmud Murodov

Foto: Instagram / @makhmud_muradov

От qwert.uz