18-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Nilufar Usmonova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Bollivudning yulduzli juftligi Saif Ali Xon va Karina Kapur Johnson’s Baby brendining reklamasida suratga tushdi.
Jasur Umirov Vohidjon Isoqovning to‘yida yor-yor aytdi.
Sevara Nazarxon muxlislari bilan samimiy quchoqlashadigan damlarni sog‘indi.
Ulug‘bek Rahmatullayev bolalikdagi surati bilan bo‘lishdi.
Dilso‘z “Otajon” qo‘shig‘ini kuylab, yana bir kelinni ota uyidan kuzatib qo‘ydi.
Dubay amirining qizi, Dubay ayollar tashkiloti prezidenti Manal bint Muhammad bin Rashid Al Maktum Saida Mirziyoyevani o‘g‘il farzand ko‘rgani munosabati bilan o‘zbek tilida tabrikladi.
Feruza Normatova ota-onasi bilan Istanbul shahrini aylanmoqda.
Yulduz Usmonova va Mavluda Asalxo‘jayeva to‘y xizmatida uchrashib qoldi.
Sitora Farmonova tennis bilan professional darajada shug‘ullanishga kirishgan ko‘rinadi.
Dildora Niyozova so‘nggi paytlarda asosan ro‘mol o‘ragan holda ko‘rinish berib, muxlislarini hayron qoldirmoqda. Xonandaning folloverlari unga ro‘mol yarashganini ta’kidlamoqda.
Manzura mashhurlikni ofatga qiyosladi.