19-sentabr kuni Tashkent City’da yana bir yulduzli to‘y bo‘lib o‘tdi. “Novda” filmidagi Zubayra obrazi bilan tanilgan yosh aktrisa Gulinur Abdullayeva rejissor Habibulla Nabiyevga turmushga chiqdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Instagram / @gulinur_abdullayeva
Nikoh oqshomida o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari mehmon bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan kechada Davron Kabulov, Dildora Rustamova, Shohruhxon, Lola va Shahlo Ahmedova xizmatda bo‘lgan. Aktyor Alisher Uzoqov esa Habibullaga kuyovjo‘ra bo‘ldi.
Aktrisa Gulinur Abdullayeva
Foto: Instagram / @gulinur_abdullayeva
Ma’lumot uchun, kuyov Habibulla Nabiyev mahoratli klipmeyker sifatida tanilgan. U shu paytga qadar aksariyat taniqli xonandalar, jumladan, Munisa Rizayeva, Ulug‘bek Rahmatullayev, Lola va Shahlo Ahmedova, Jahongir Otajonovlar bilan hamkorlik qilgan.