BMT tomonidan “BMT 75: biz istayotgan kelajak, bizga kerakli BMT” tadqiqoti amalga oshirildi. 21-sentabr kuni ushbu tadqiqot natijalari e’lon qilindi. Ekspertlar odamlar hukumatlar va xalqaro tashkilotlardan nimalarni kutayotganiga aniqlik kiritgan. Bu haqda “TASS” xabar qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: “TASS”
Odamlarning birlamchi ehtiyoji — sog‘liqni saqlash yo‘nalishini yaxshilash. Toza ichimlik suvi, gigiyena vositalari va ta’lim masalasi ham asosiy ehtiyojlardan.
Sog‘liqni saqlash masalasini so‘rovnomada qatnashgan 300 ming nafar odamning deyarli hammasi alohida ajratib ko‘rsatgan. Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, ishtirokchilarning 72 foiz qismi sog‘liqni saqlash tizimidan foydalanish kelajakda ham xuddi shunday qolishi yoki yaxshilanishiga ishonadi.
Shuningdek, odamlar kambag‘allar sonining ko‘payishi, ishsizlik darajasining oshishidan xavotirda ekanini ham bildirgan.
Tadqiqotda qatnashganlar uzoq kelajakda ta’limning barchaga birdek berilishi va ayollarning erkaklar bilan teng huquqli bo‘lishi ham asosiy maqsadlardan biri ekanini aytgan.
Shu bilan birga BMT tadqiqoti mualliflari Yer sayyorasining aholisi nimadan qo‘rqishi haqidagi savollarga ham javob izlagan. Asosiy qo‘rquvlar quyidagilar:
- Iqlimning sezilarli ravishda o‘zgarishi (ishtirokchilarning 49 foizi jahondagi ekologik vaziyat yomonlashishi mumkinligidan xavotirda);
- korrupsiya (41 foiz kishilar vaziyat og‘irlashishi mumkinligini bildirgan);
- kambag‘allik;
- turli nizolar.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish tashkilot bosh assambleyasidagi nutqida ishtirokchi mamlakatlar odamlarning xohish-istagini inobatga olishi lozimligini ta’kidlab o‘tgan.
Qayd etilishicha, BMTning ushbu tadqiqotida butun dunyodan bir million nafardan ziyod odam ishtirok etgan.