-«Nima sabab odamlar qarang,
Sir saqlolmay, yangilar yarang.
Odamlarning asabi tarang,
Baʼzilarni xushi yoʼq, garang!».
-«Nimasini aytasiz, dunyo
Siz aytganday oʼta beʼvafo!».
-«Kecha bitta sirim doʼstimga,
Аytsam, u suv quyib ostimga,
Xar tomonga qilib ovoza,
Oʼrtamizda qochdi murosa.
Yaʼni menda «ikkinchi»si bor,
Bu sirimni tarqatmang zinxor!».
-«Qiziqmisiz, ogʼzimda qulf,
Oʼraga sichqon tushdi, guldir-gup!
(Xa, yaramas, puling koʼpayib,
Qoʼsh xotinli boʼlibsan boyib.
Ijtimoiy tarmoq orqali,
Аdabingni beraman xali!…)»
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF