Tog‘li Qorabog‘da 27-sentabr kuni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi jangovar harakatlar qaytadan boshlandi. Janglarda, jumladan, artilleriya va og‘ir texnikadan foydalanilmoqda. Har ikkala nizolashuvchi tomon bir-birini ig‘vogarona xatti-harakatlar va tutashish chizig‘ini kesib o‘tishda ayblamoqda, shuningdek, muvaffaqiyatli qarshi hujum uyushtirib, dushmanning yuzlab harbiy xizmatchilarini yo‘q qilgani haqida hisobot bermoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.