O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab alkogolli ichimliklar (pivodan tashqari) minimal ulgurji va chakana narxlari oshiriladi. Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 29-sentabrdagi qo‘shma qarori bilan yangi narxlar tasdiqlandi, deya xabar qildi Moliya vazirligi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Natijada, ishlab chiqaruvchi tomonidan ulgurji bazalarga sotiladigan yarim litr aroq narxi 12 000 so‘mdan kam bo‘lmasligi belgilandi (1-oktabrgacha 11 000 so‘m), chakana savdodagi (do‘kon rastalarida) narxi 14 250 so‘mdan kam bo‘lmasligi belgilandi (ilgari 13000 so‘mdan).

Yarim litr konyak uchun eng kam ulgurji-sotish narxi 1 000 so‘mga oshdi va 1-oktabrdan 16 500 so‘mni tashkil etadi (ilgari 15 500 so‘m). Do‘konlarda sotishda, yarim litr konyakning eng kam chakana narxi 19 500 so‘m qilib belgilandi (ilgari 18 300 so‘m edi).

Foto: Moliya vazirligi

От qwert.uz