Fransiya hukumati ko‘chma sirklarda yovvoyi hayvonlar chiqishlaridan foydalanish va delifinariylar qurishni taqiqlovchi qonun qabul qilmoqchi. Bu haqda “Kommersant”ga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Twitter 

Fondation Brigitte Bardot

Mamlakat atrof-muhitni rivojlantirish vaziri Barbara Pompili 29-sentabr kuni hukumat ko‘chma sirklarda yovvoyi hayvonlar chiqishlaridan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qilishini ma’lum qilgan. Vazirning bildirishicha, ushbu hayvonlarning keyingi taqdiri har bir holatda alohida o‘rganiladi, lekin ular aniq erkinlikka qo‘yib yuborilmaydi.

Bundan tashqari, hukumat delfinariylarga delfinlar va kasatkalar ko‘paytirishni man etadi. Hozirda mamlakatda uchta delfinariy faoliyat olib bormoqda, ular qayta profillanadi, yangilarini qurish esa taqiqlanadi.

Umumiy hisobda hukumat sirk va delfinariylarni yangi qonunchilik talablariga qiyinchiliksiz moslashishi uchun ularni qo‘llab-quvvatlashga qariyb 8 million yevro ajratmoqchi. Mo‘ynasini olish maqsadida qorakuzanlarni ko‘paytirish ham taqiqlanadi.

Barbara Pompili aniq muddatni aytmagan, lekin tegishli qonunlar iloji boricha tezroq qabul qilinishi uchun hukumat bor imkoniyatini ishga solishini ta’kidlagan.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida dengiz sutemizuvchilarini tijoriy maqsadda ekspluatatsiya qilishga qarshi tinch harakatlar bo‘lib o’tmoqda. Ularning ayrimlarida, xususan, Buyuk Britaniya, Kosta-Rika, Chili, Vengriya, Hindiston, Avstraliya, Belgiya, Germaniya, Isroil, Argentina, Kanada, Meksika, Xorvatiyada bu qonun bilan taqiqlangan.

Markaziy Osiyoda Qozog‘iston delfinariylarni yopishni rejalashtirmoqda. Bu boradagi norma “Hayvonlarga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga kiritilgan. Taqiqlash to‘g‘risida petitsiyani mamlakatdagi hayvonlarni himoya qiluvchi faollar kiritgan bo‘lib, ular delfinariylarni yopish va hayvonlarni ozod qilishni so‘rab, prezident, ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziriga murojaat etgan.

От qwert.uz