AQSh prezidenti Donald Tramp va turmush o‘rtog‘i Melaniya Trampda koronavirus aniqlandi. Bu haqda prezident o‘zining Twitter’ida yozgan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Nationalinterest.org”

“Bugun birinchi xonim va men COVID-19’ga topshirgan test musbat natija ko‘rsatdi. Biz darhol karantinga olinamiz va davolanishni boshlaymiz. Biz bundan birgalikda o‘tamiz!”, – deydi Tramp.

Avvalroq COVID-19 prezident maslahatchisi Houp Xiksda aniqlangani ma’lum bo‘lgan edi. U Trampga Klivlend va Minnesotadagi saylovoldi safarlarida hamrohlik qilgan.

Tramp va uning maslahatchisi Houp Xiks

Foto: CNN

Bloomberg’ning xabariga ko‘ra, Minnesota shtatida Xiks o‘zini yomon his qilgan va Vashingtonga qaytib kelayotganda prezident samolyotida izolatsiyaga olingan.

Trampning shifokori Shon Konlining aytishicha, prezident va birinchi xonimning ahvoli yaxshi.

Koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh dunyo mamlakatlari orasida yetakchi bo‘lib qolmoqda. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq 7,2 milliondan ortiq holat qayd etilgan. 207 mingdan ortiq odam kasallikdan vafot etgan, 2,8 million kishi esa sog‘aygan.

От qwert.uz