Buxoro viloyatining Buxoro tumani “Yangiobod” MFYda “Usmon ibn Affon” jome masjidi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Foto: O‘zA
Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan “Usmon ibn Affon” jome masjidi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan xabar berilishicha, O‘zbekiston bo‘yicha masjidlar soni 2076 taga, Buxoro viloyatidagi masjidlar soni esa 106 taga yetdi.
Foto: O‘zA
Hozirgi kunda Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlarining soni 597 tani tashkil qiladi. Diniy tashkilotlar soni esa 116 tani tashkil etadi. Shundan 106 tasi masjidlar bo‘lib, 10 tasi noislomiy yo‘nalishdagi diniy tashkilotlar hisoblanadi.
Avvalroq Samarqand shahar “Mash’al” MFYda “Yangiobod” jome masjidi ochilgani va O‘zbekistonda masjidlar soni 2075 taga yetgani haqida xabar berilgandi.