Instagram: Kasal yotgan Halimaga shifo tilagan Yulduz Usmonova, bobo bo‘lgan Otabek Madrahimov, kanal ochgan Alisher Uzoqov

2-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Dilso‘z xonanda Afsona bilan tasodifan uchrashib qoldi.

Shukurullo Isroilov barcha folloverlarini juma ayyomi bilan tabrikladi.

“Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo Zoirova kelin libosida namoyon bo‘ldi.

“Elchining qizi” seriali aktyori Uraz Kaygilarog‘lu yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Turkiyaga kelin bo‘lgan aktrisa Nargiza Salmonova 1-oktabr kuni 31 yoshni qarshi oldi. Turmush o‘rtog‘i unga ajoyib syurpriz tashkillashtirdi.

Sevara Nazarxon bir muddat Londonda bo‘lib, va nihoyat, Toshkentga qaytdi.

51 yoshli amerikalik aktrisa va xonanda Jennifer Lopes yangi surat bilan folloverlarining maqtovlariga sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova qizi Nilufar bilan kasal yotgan Halima Ibragimovaga shifo tiladi.

Turk aktrisasi Fahriye Evjen yangi suratlari bilan bo‘lishdi.

Zo‘r Tvdan ketgan aktyor Alisher Uzoqov Voxe Tv deb nomlangan kanal ochayotganiga ishora qildi. Bu telekanal bo‘ladimi yoki internetdagi kanalmi, hozircha noma’lum.

AQShda istiqomat qilayotgan xonanda Otabek Madrahimov bobo bo‘lganini bildirdi.