-«Xa, bolakay, ne boʼldi senga,»
Seni nima qiynar, ayt menga?»
-«Bitta maqol gʼalati juda,
Tushunmoqchi boʼldim, bexuda!…
Nega xordir, suvni keltirgan?,
Nega aziz, koʼza sindirgan?».
-«Bilmasmiding, shuni xam axir,
Mayli eshit, bir oz qil sabr.
Eshitganim, oʼtgan zamonda,
Bilmam. qayda, qaysi tomonda,
Bir yaramas, koʼzani olib,
Suv keltirgan, zaxardan solib.
Biri esa, faxmlab buni,
Shart koʼtarib, sindirgan uni.
Shunday qilib, suv olib kelgan,
Sir ochilib, keyin xor boʼlgan.
Lekin, oʼsha koʼza sindirgan,
«Аziz» boʼlib, olqishlar olgan.
Endi olib, anov koʼzani,
Olib kelgin, suvni «oʼzi»ni…!»
Лекин, ўша кўза синдирган,
«Азиз» бўлиб, олқишлар олган.
Энди олиб, анов кўзани,
Олиб келгин, сувни «ўзи»ни…!»