Kuzgi ayollar garderobida asosan to‘q va bazaviy rangdagi liboslar o‘rin olgan bo‘ladi. Lekin mazkur faslga xos melanxoliyani oldini olish va qiziqarli obrazlar yaratish uchun yorqinlik va rang-baranglikni unutmaslik kerak  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ko‘k va moviy rang

Foto: Cosmopolitan

Juda ham o‘xshash bo‘lgani sabab mazkur ranglar bir-biri bilan yaxshi uyg‘un bo‘la oladi. To‘q ko‘k rang eng yaxshi bazaviy ranglardan biri bo‘lsa, unga moviy rang qo‘shilib, o‘ziga xos urg‘u beradi. Bundan kombinatsiya istalgan obraz hatto ofisga kiyish uchun ham eng maqbul variant.

Qora va olovrang

Foto: Cosmopolitan

Kuzda kiyish uchun tavsiya qilinadigan olovrang libos bilan qora rang umumlashgan obrazni kundalik yoki alohida tadbir yoki uchrashuvlarga ham kiyish mumkin. Olovrang ustki kiyim yoki aksessuar yuz rangini chiroyli ko‘rsatadi. Mazkur obrazda qora rang bazaviy bo‘lgani yaxshi.

Pushti va siyohrang

Foto: Cosmopolitan

Yorqin pushti va sokin tusli siyohrang umumlashmasi atrofdagilar e’tiboridan chetda qolmasligi aniq. Obrazning yanada qiziqarli chiqishi uchun bichimi noodatiy bo‘lgan kiyim-kechaklarni tanlash uni uchli botilyon yoki tufli bilan moslash hamda “allambalo” sumkadan aksessuar sifatida foydalanish tavsiya qilinadi.

Kulrang va siyohrang

Foto: Cosmopolitan

Kuzda bazaviy rangdagi liboslarga yorqin aksessuar yoki boshqa detal qo‘shgan yaxshi. Masalan, kulrang obrazga siyohrang yorqin sumka yoki sharf qo‘shilishi nafaqat esda qolarli kiyinish, balki qimmat ko‘rinishga ega bo‘lishga ham sababchi bo‘ladi.

Lavanda va feruza rang

Foto: Cosmopolitan

Lavanda rangidagi liboslar mazkur mavsum trendlaridan biri hisoblanadi.

Uning o‘zini yoki boshqa rang bilan moslash orqali kayfiyat ko‘taradigan kiyinishga ega bo‘lish mumkin. Street style ixlosmandlari mazkur rangni yorqin feruza rangi bilan moslashni tavsiya qiladi.

Qora va sariq

Foto: Cosmopolitan

Issiq kun va haroratni sog‘inganlar garderobiga sariq rangni qo‘shish tavsiya qilinadi. Sariq rangdagi trikotaj matodan tikilgan kiyim-kechakni jiddiy uslubdagi pidjak yoki atlas matosidan tikilgan sariq libosni charm qora kurtka yoki trench bilan moslash mumkin.

Ko‘k va sariq

Foto: Cosmopolitan

Mazkur ranglar umumlashtirgan holda zamonaviy va o‘ziga xos kiyinish mumkin. To‘q bazaviy obrazga sariq yorqinlik baxsh etadi va kundalik tanlov uchun ayni muddao hisoblandi.

Och jigarrang va och pushti

Foto: Cosmopolitan

Kuzning kulrang manzarali kunlari uchun mazkur kombinatsiya yaxshi variant hisoblanadi. Bunday obrazni hech ikkilanmasdan maxsus uchrashuv va kundalik ish yoki o‘qishga borsa bo‘ladi.

Kulrang va neon

Foto: Cosmopolitan

Kulrang zerikarli obrazni qiziqarliroq qilishning yana bir usuli unga yorqin yashil neon rangli detal — kamar, ko‘zoynak, poyabzal yoki sumka qo‘shish hisoblanadi.

От qwert.uz