Xammayoq qor, qish edi,
Birdan yomgʼir boshladi.

Yomgʼir va qor qildi jang,
Qorning xoli boʼldi tang.

Yomgʼir qorni eritib,
Boshqa tusga kiritib,

Shovullab quydi bexad,
(Quyosh chiqquncha faqat).

Gʼalabadan shod boʼldi,
Qor eridi. dod soldi.

Oy yotoqqa qochganda,
Quyosh nurin sochganda,

Yomgʼir suvi parlandi,
Oppoq bugʼga aylandi.

Mana koʼrdingmi, doʼstim,
Xech kim boʼlolmas ustun!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz