Аriqning boʼyida turar bir daraxt,
Koʼm-koʼk boʼlib quyosh nurin taftida.
Qandaydir bitta qush umid-la bir vaqt,
Uya qurgan edi, daraxt ustida.

Qaygadir bir kuni, uchib ketganda,
Kimlardir daraxtni kesib tashladi.
Tuxumini esa, bir joxil banda,
Oyogʼida toptab, ezib tashladi.

Qush xam buni koʼrib, qaygʼurdi juda,
Boshqa bir daraxtni axtardi keyin.
Uchrab qoldi yoʼlda bir «keksa» sada,
Shuni maʼqul koʼrib, unga qurdi in.

Uzoq vaqt yashadi oʼsha daraxtda,
Xech kimsa buzmadi, uning inini.
Qaniydi, shu xolat boʼlsa xar yoqda,
Xech kim ogʼritmasa, birov dilini.

Tushundi, dunyoda bir xilmas odam,
Yaxshi xam, yomon xam boʼlishi mumkin.
Аgar insof bersa, yomon odamdan,
Аlbatta yaxshiga aylanish mumkin!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz