4-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Sevara Nazarxon va “Million”chi Alisher Botirov kulgili duet ijro etdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
DJ Piligrimning onasi 71 yoshni qarshi oldi.
Sitora Alimjonova folloverlariga hozirning o‘zida baxtni his etib yashashni maslahat berdi.
Yulduz Usmonova “Qo‘l uchida” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi.
Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kuniga ajoyib syurpriz tayyorladi.
Zarina Nizomiddinova farzandlarining videosi bilan bo‘lishdi.
Hosila Rahimova oqqo‘rg‘onlik 85 yoshli muxlisining yubileyida ishtirok etdi.
“Sensiz”, “Yor bo‘layin” kabi xit qo‘shiqlar ijrochisi, xonanda Mohim turmushga chiqdi.
Xonanda Lola qizi Aisha bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Xonanda Nilufar Usmonova o‘g‘li Sulaymonxonning tug‘ilgan kunini nishonladi.
Shahzoda Matchonova turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.