Shou-biznes vakillari kasal ekanligini aytib, shifo tilagan komik aktrisa Halima Ibragimova kasalxonadan kislorod niqobi taqqan holda ko‘rinish berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
“Olloh buyukdir. Men kuchliman. Yaratgan egamga hamd-u sano”, — deya izohladi Halima o‘z sahifasida e’lon qilgan qisqa videoni. U qanday kasallikka chalinganiga aniqlik kiritmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda uning koronavirus bilan kasallangani haqida gap-so‘zlar tarqaldi.
Avvalroq O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova qizi Nilufar bilan Halimaga sog‘ayib ketishini tilagan edi.
“Halimajon, seni yaxshi ko‘ramiz. Duodamiz, yaxshi bo‘lib qolgin. Chiqib olgin o‘zim yurgizaman seni, endi yurishing kerak. Kasal bo‘lishga haqqing yo‘q, qancha odam yaxshi ko‘radi seni”, — degan edi Yulduz Usmonova.
Keyinroq “Bravo” kulgi jamoasi vakili Shahlo Zoirova ham Halima bilan tushgan videosini e’lon qilib, unga salomatlik tiladi.