Nonushta yoki tushlik uchun tezpishar taom retsepti kerakmi? Makaron, sabzavotlar hamda tomat pastasi bilan tayyorlanadigan, 20 daqiqada dasturxonga tortiladigan taom aynan siz uchun!  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “hi-chef.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • Makaron – 70-80 gr;
  • Zaytun yog‘i ta’bga ko‘ra;
  • Tomat pastasi – 1 osh qoshiq;
  • Qo‘ziqorin – 3-4 dona;
  • Qizil piyoz – ½ dona;
  • Selder – ½ dona;
  • Sabzi – ½ dona;
  • Qovoqcha (kabachki) – ½ dona;
  • Qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq – ½ osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

Kerakli mahsulotlar saralab olinadi.

Foto: “hi-chef.ru”

Piyoz mayda to‘g‘ralib, qizargunga qadar qovuriladi.

Foto: “hi-chef.ru”

Qovoqcha, sabzi mayda to‘rtburchak qilib to‘g‘raladi. Piyoz ustidan to‘g‘ralgan mahsulotlar hamda selder solinadi.

Foto: “hi-chef.ru”

Qo‘ziqorin ham mayda to‘g‘ralib, birga qovuriladi.

Foto: “hi-chef.ru”

Tomat pastasi hamda tuz, ziravorlar solinadi.

Foto: “hi-chef.ru”

Makaron pastasi suvda qaynatib olinadi va suvi to‘kib tashlanadi.

Foto: “hi-chef.ru”

Qovurilgan massa va makaron pastasi aralashtiriladi, ustidan pishloq sepiladi.

Foto: “hi-chef.ru”

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz