Odamlar soʼrashdi bir qiziqchidan:
-«Bir savol beraylik, javob qil chindan,
Senga nima asli, oson va qiyin?»
Qiziqchi oʼylanib, soʼzladi keyin:
-«Eng qiyin narsa bu, sizni kuldirish,
Yuzingizda turgan gʼamni soʼndirish.
Qolgan barcha narsa, xecham qiyinmas,
Xatto, siz kulsangiz, charchoq bilinmas!».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF