Ketayapman suv olmoq uchun,
Qoʼlda chelak. buloqqa tomon.
Kechki sovuq boʼlsada nechun,
Muzlamagan edi yoʼl xamon.

Xazil qilib, izgʼirin shamol,
Yuzlarimga sanchar ignasin,
Buloq tomon yuraman jadal,
Pisand qilmay shamol xamlasin.

Chelaklarni yuvib «yuzi»ni,
Botiraman buloq suviga.
Koʼrmoqchiday buloq koʼzini,
Tikilaman buloq tubiga.

Unda faqat koʼkdagi xilol,
Boshqa narsa koʼrmaydi koʼzim.
Novdalarni titratib shamol,
Xushtak urib tinmaydi bir zum.

Koʼkda esa, sirli yulduzlar,
Yilt-yilt qilib, nurin sochadi.
Shamol esa, bulutni tezlar,
Chunki oyga yoʼlni ochadi.

Suvni olib yoʼlga tushaman,
«Taslim» boʼlgan koʼrsatib oʼzim.
Izgʼirin xam «sevinib» bundan,
Chim-chilardi xali xam yuzim.

Yillar oʼtdi, quvlab bir-birin,
Qancha tollar ketdi kesilib.
Imoratlar koʼpayib bugun,
Buloq «yuzi» qolgan berkilib.

Xoy insonlar, qolmang gʼaflatda,
Sergak boʼling, avval oʼzingiz.
Buloq koʼzi berkilgan paytda,
Аqalli, siz oching koʼzingiz!…

Абдулла Пулатов

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz