-«Deyishar nima uchun,
Er-xotinni — qoʼsh xoʼkiz?
Bu gap rostmi yoki chin,
Tushunay toʼla-toʼkis!…».
-«Shuni bilmasang, lekin,
Qizarasan oʼrtada.
Er-xotin roʼzgʼor yukin,
Birgalashib tortadi!».
-«Tushundim gapingizni,
Аmmo boshqa tomondan,
«Qoʼsh sigir» desa uni,
Ortda qolmay zamondan!…».
-«Qovoq boshsan — pishmagan,
Ex, uchi yoʼq — kalava.
Qachon tarixda boʼlgan,
Sigir tortgan arava!…»

Абдулла Пулатов

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz