9-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

9-oktabr kuni taniqli xonanda Ozoda Nursaidova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Rejissor Shuhrat Mavlonov xonandaga YPX xodimlari bilan birgalikda unutilmas syurpriz tayyorladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Bravo”chi Otabek Mirzaxolov “Liboyini uylantiramiz” deb nomlangan serialda suratga tushmoqda.

Lola folloverlariga chiroyli surat orqali xayrli kun tiladi.

Mavluda Asalxo‘jayeva biroz tobi qochgani, hozir yaxshi ekanligini ma’lum qildi.

Turk aktyori Kadir Dogulu yangi loyihalar ustida ish olib borayotganini bildirdi.

Xonanda Shirinning turmush o‘rtog‘i uni to‘ylari bo‘lgan kun bilan ta’sirli tarzda tabrikladi.

Davron Kabulov Luiza Rasulova bilan tushgan surati ostiga kulgili izoh yozdi.

Yulduz Rajabova folloverlarini tabassum qilishga chorladi.

Jasur Umirov yo‘lbars bolasini boqib oldi.

Nilufar Usmonova fan-klubi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

От qwert.uz