Tojikiston rahbari Emomali Rahmon navbatdagi prezidentlik saylovlarida 90,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Sobiq Ittifoq respublikalarining amaldagi yetakchilari orasida u hammadan ko‘p prezidenlik qilib kelmoqda. “Kommersant” nashri sobiq SSSR mamlakatlarining uzoq umr ko‘rgan prezidentlariga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev

Foto: “Kommersant”

U mamlakatni 28 yil-u 10 oy va 24 kun davomida boshqargan — 1990-yilning 24-aprelidan 2019-yilning 20-martiga qadar. Nazarboyev lavozimdan ketganiga qaramay Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi rahbari, “Nur Otan” partiyasi raisi va respublika Konstitutsion kengashi a’zosi hisoblanadi. 2010-yilda unga “Elboshi” unvoni topshirilgan.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon

Foto: “Kommersant”

27 yil 10 oydan buyon lazovimda — 1992-yilning 27-noyabridan boshlab (Oliy kengash raisi sifatida). 1994-yildan — prezident. 2015-yilda “Tinchlik va milliy birlik asoschisi — Millat yetakchisi” unvoniga ega bo‘lgan.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov

Foto: “Kommersant”

26 yil-u 5 oy va 9 kun lavozimda o‘tirgan — 1991-yilning 31-avgustidan boshlab 2016-yilning 2-sentabriga qadar.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko

Foto: “Kommersant”

26 yil 2 oydan buyon lavozimda — 1994-yil 20-iyuldan beri. 2020-yil 9-avgustdagi prezidentlik saylovlaridan so‘ng mamlakatda Lukashenkoga qarshi ommaviy noroziliklar davom etmoqda. Namoyishchilar uni saylov natijalarini soxtalashtirishda ayblamoqda (rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u 80,1 foiz ovoz to‘plagan).

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev

Foto: AP Photo

16 yil 11 oydan buyon lavozimda — 2003-yilning 31-oktabridan beri. Aliyev davrida 2008-yili referendum o‘tkazilgan bo‘lib, unda prezidentning ikki marotabagina saylanishi to‘g‘risidagi cheklov olib tashlangan. 2016-yilda esa yangi konstitutsion referendum prezidentlik muddatini besh yildan yetti yilga uzaytirgan (buning tashabbuskori Ilhom Aliyevning o‘zi).

Rossiya prezidenti Vladimir Putin

Foto: “Kommersant”

16 yil 9 oydan buyon lavozimda — 2000-yil 7-maydan beri (1999-yil 31-dekabrdan prezident vazifasini bajaruvchi). 2008-yildan 2012-yilga qadar bosh vazir lavozimida faoliyat yuritgan.

Turkmanistonning sobiq prezidenti Saparmurot Niyozov

Foto: “Rambler”

15 yil 1 oy lavozimda o‘tirgan — 1991-yilning 27-oktabridan 2006-yil 21-dekabrda yurak yetishmovchiligidan vafot etguniga qadar. 1999-yilda “Turkmanboshi” (barcha turkmanlarning otasi) nomiga sazovor bo‘lgan.

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayev

Foto: “Kommersant”

14 yil 4 oy lavozimga o‘tirgan — 1990-yilning 27-oktabridan 2005-yilning 11-apreliga qadar. “Lola inqilobi” sabab prezidentlikdan ketgan va Rossiyaga qochishga majbur bo‘lgan.

Turkmaniston prezidenti Gubanguli Berdimuhamedov

Foto: “Kommersant”

13 yil 9 oydan buyon ushbu lavozimda — 2007-yil 14-fevralda saylangan (2006-yil 21-dekabrdan vaqtincha bajaravchi). 2015-yilda Ashxobodda Berdimuhamedovga atab haykal o‘rnatilgan.

Gruziya sobiq prezidenti Eduard Shevarnadze

Foto: “Kommersant”

11 yil lavozimda o‘tirgan — 1992-yilning 6-noyabridan 2003-yilning 23-noyabriga qadar. “Atirgul inqilobi” sabab iste’foga chiqqan. Mamlakatda qolgan, biroq siyosat bilan boshqa shug‘ullanmagan. 2014-yilning 7-iyul kuni vafot etgan.

От qwert.uz