“Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduda koronavirus aniqlandi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Twitter

Portugaliya terma jamoasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 35 yoshli futbolchining COVID-19 virusiga topshirgan testi ijobiy natija bergan.

Ta’kidlanishicha, futbolchida kasallik alomatlarsiz kechmoqda va u izolyatsiga olingan.

Shu tariqa Krishtianu Millatlar Ligasi doirasida 14-oktabr kuni Shvetsiyaga qarshi kechadigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

От qwert.uz