Oʼrnak oling…(sheʼr)

Ming yilliklar guvoxi boʼlgan,
Qanchalar sir-asrorni bilgan,

Qarshimizda koʼxna Buxoro,
Qad koʼtarib asrlar aro,

Minglab zukko olim, ulamo,
Panox topgan bagʼrida, ammo,

Qancha qonli jangu-jadalni,
Goxo bevaqt kelgan ajalni,

Bularni xam oʼz tanasida,
Oʼtkazgandir majbur aslida.

Bagʼridagi obidalar xam,
«Xotirasin» koʼrmoqda baxam.

Shuncha ishni koʼrsa xam boshi,
Necha ming yil boʼlsa xam yoshi,

Qarang turar vazmin, ulugʼvor,
Oʼrnak oling undan siz bir bor!…

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF