-«Koʼzlarim yoʼlda,
Qoʼllarim rulda.
Oyoq «pedal»da,
«U» menga dalda!».
-«U deganing kim?,
Tanirman, balkim?»
-«U xech kim emas,
Koʼzga koʼrinmas.
Iroda ismi!».
-«Аnovi qizmi?»,
-«Yoʼq. u emas qiz,
U bir oddiy xis!».
-«Shaytonmi, demak?»,
-«Qilmagin ermak,
Oʼylagin andak,
Esi yoʼq, tentak!
U bilan inson,
Boʼlsa qadrdon,
Xar qanday mushkul,
Yechilar butkul.
Senga — yaxshi yoʼl,
Irodali boʼl!…»

Абдулла Пулатов

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz