Yelim… (sheʼr)

Bir qarasam, oʼrik tanasi,
Shoda boʼlib. toʼlgan yelimga.
Bilmam tortar uning nimasi,
Yelim taʼmi kelar tilimga.

Yomgʼir yogʼdi, ertasi tindi,
Qoʼmsab qoldi koʼnglim yelimni.
«Mazza qilay» dedim bir endi,
Toʼldirgancha ikki qoʼlimni.

Chiqdim bir payt oʼsha oʼrikka,
Xayron boʼldim yelimni koʼrib.
Oʼxshab qolgan yelim ilikka,
Suvga boʼkkan bulkaday boʼlib!.

Yelim bu bir oʼtkinchi narsa,
Toʼxtab qolmas, xayot xam usiz.
Lekin jiddiy eʼtibor bersak,
Koʼp narsalar xayotda — esiz!…

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF