Qish fasli. Bir chumoli,
Turar pechka yonida.
Boshqa doʼstlari xali.
Yotar edi inida.

Bu chumoli ne uchun,
Chiqdi ekan inidan.
U nimani topmoqchi,
Issiq pechka yonidan:

-«Sogʼinganimdan yozni,
Pechkani quyosh bilib,
Sal aldadim men oʼzni,
«Fonogramma»ni qilib!…».

Pechka oʼchib, sovidi,
Qishning «xukmi» sezildi.
Chumoli xam inida,
Yotogʼiga choʼzildi!…

Абдулла Пулатов

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz