Rossiyalik taniqli reper va bastakor Alisher Morgenshtern 18-oktabr kuni Instagram’da Mercedes-Benz E200 mashinasi uchun tanlov e’lon qildi. Unda Buxoroda yashovchi @aza_1002 akkaunti egasi g‘alaba qozongan, deya xabar qildi “Gazeta.uz”  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Avtokod”

Xabarda qayd etilishicha, Mercedes-Benz’ning yana bir xalqona nomi “Merin”, qo‘shiqchi o‘z kompozitsiyalaridan birini ushbu mashinaga bag‘ishlagan (unda haqoratli so‘zlardan ko‘p foydalanilgan), qo‘shiq Youtube’ga yuklangan vaqtda juda tez fursatlarda 80 million martadan ko‘proq ko‘rilgan. Taxminlarga ko‘ra, Morgenshtern mashina uchun 4 million rubl (taxminan 51 ming AQSh dollari) sarflagan.

Giveaway’da (odatda ijtimoiy tarmoqlarda obuna yoki boshqa harakat uchun e’lon qilish urfga kirgan tanlov) 907 mingdan ziyod foydalanuvchi ishtirok etgan. Morgenshtern Buxoroda yashovchi g‘olib bilan bog‘langan va avtomobilni shaxsan o‘zi yetkazib berishini va’da qilgan.

“Men avtomobilni dunyoning har qanday nuqtasiga istalgan vaqtda yetkazib berishni va’da qilganman. O‘zbekiston bo‘lsa, O‘zbekiston-da. Chegaralar yopiq bo‘lsa, ma’lum vaqt kutishimizga to‘g‘ri keladi. Yoki chegara yaqinida mashinani o‘tkazib berish mumkin. Bojxona to‘lovi talab qilinsa, uni ham to‘laymiz”, — degan qo‘shiqchi.

Reper O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan mashina uchun belgilangan bojxona to‘lovlari miqdoridan xabar topgach, o‘z Stories’ida videoxabar qoldirgan.

“O‘zbekistonda mashina uchun bojxona to‘lovi qancha ekanini bilasizmi? Uning narxi mashina narxiga teng ekan”, — degan Morgenshtern. To‘g‘ridan to‘g‘ri efiri vaqtida u mashinani yetkazib berishda yordam kerakligi haqida ham gapirgan.

“Biz shov-shuv ko‘tarib boramiz va mashinani hamyurtingizga topshiramiz. Sizlar ham bizga peshvoz chiqing”, — degan Morgenshtern. Buxorolik g‘olib reper bilan suhbatda uning Instagram’dagi profilini “buzish”ga urinishlar bo‘layotganini bildirib, akkauntini yopib qo‘ygan.

Morgenshtern haqida

Alisher Valiyev (Morgenshtern taxallusi nemis tilidan tarjima qilinganda “tonggi yulduz”) rep aytishni 12 yoshida boshlagan, yuqori sinfda o‘qib yurgan vaqtlarida “qora alkogolizm” yillarini o‘tkazib, mashhur bo‘lgan, dunyo tan olgan rep-yulduzlarining hayoti haqida replar aytgan. Ufada yashovchi 22 yoshli musiqachi Z avlodi havas qiladigan xonandaga aylangan va Instagram’dagi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda oddiy, sodda treklarini ijro etib, millionlab daromad qilmoqda, deyiladi Forbes ma’lumotida.

Morgenshtern boshqalar ijro etgan qo‘shiqlar bilan tanilgan: 2018-yilda u “IziRep” turkumidagi videolarni tayyorladi va ularda taniqli ijrochilarning ommalashgan qo‘shiqlarini jamladi (Eljey, Kizaru va Face), shuningdek, ushbu sodda replarni boshqa har qanday odam ijro qilishi mumkinligini tushuntirdi.

Jurnalist Nikolay Redkinning Meduza e’lon qilgan maqolasida Alisherning boshqalar tomonidan o‘ziga yo‘llagan salbiy fikrlardan ustalik bilan foydalanishi va YouTube’da reaksiyalar yaxshi baholanishini anglagan holda to‘g‘ri harakatlar qilganini e’tirof qilgan. 2018-yilda reper o‘zining birinchi albomini taqdim qildi, Rossiya bo‘ylab turga chiqdi va 100 ming rubllik kamerani yoqib yubordi. Keyinroq ushbu harakatiga izoh berib, bu odamlar diqqatini tortishni tezkor va yengil usuli ekanini qayd etdi: ommalashgan blogerning ishlab topayotgan pullari, muhokama qilinayotganidek, u qadar ko‘p emas.

2019-yil oxirida u to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda qo‘shiqlar albomini yozishini e’lon qildi va har bir studiya sessiyasini live tarzda ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib bordi. Yakunda hosil bo‘lgan relizga “Afsonaviy chang” deb nom berdi (2020-yil yanvarida sotuvga chiqqan) uni barcha striming servislarida 500 million martadan ko‘p eshitishgan (ushbu raqam sentabr oyi holatiga olingan), albomning har bir treki “platinali” disk darajasiga chiqdi. Morgenshtern qo‘shiqlarida haqoratli so‘zlar, so‘kinishlar ko‘p uchraydi.

От qwert.uz