«Ota oʼgʼil»…(Xazil sheʼrlar — prikollar)

Ota keldi maktabga,
Oʼgʼlining xulqi sabab.
Kirmas emish u gapga,
Qurmagʼur chiqdi nobop.

Domla der: -«Keling, uzr!,
Chaqirmadim shunchaki.
Oʼgʼlingiz shoʼxlikda «zoʼr»,
Chekayapti tamaki!».

-«Ie, yoʼgʼe, xa badbaxt,
Bu «ota oʼgʼil» emas.
Bunga aytaman xar vaqt,
Xech boʼlmading bizga mos.

Otam, xattoki buvam,
Xech tamaki chekmagan.
Bas, shunday ekan, sen xam,
Nosga oʼtgin, uqmagan!…».

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF