Gʼaflatda… (Xazil sheʼrlar — prikollar)

Pechka yonar qizarib,
Unga oʼtin qalayman.
Oʼtiribman boʼzarib,
Goʼyo unga «malay»man.

Pechkani ochsam olov,
Chiqaradi tilini.
Tarasha bersam darrov,
Qoldiradi kulini.

Uyqu kelib, ex esiz,
Uxlab qolsam, bir maxal,
Olov esa oziqsiz,
Masalasi boʼldi xal!

Xulosa qiling, chogʼi,
Uxlab qolmang gʼaflatda.
Bundaylarning oʼchogʼi,
Oʼchib qolar albatta!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF