Didli va jozibador ko‘rinish uchun garderobingiz to‘lib-toshishi shart emas. Undagi liboslar soni emas, sifati muhim. Zamonaviy ayolning garderobidan quyidagi bichimdagi modellar o‘rin olsa kifoya  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Marie Claire

Kundalik variant

Foto: Marie Claire

Universal garderobni hamma narsa bilan moslash mumkin bo‘lgan libosdan boshlash kerak. Bunda tanlov borasida sipo va oddiy bichimli modelga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Trapetsiya bichimidagi keng libos har kuni kiyish uchun eng yaxshi variant. Etaklari kengroq bichimli mazkur libos nafaqat ozg‘in, balki to‘ladan kelganlar uchun ham mos keladi.

Qora klassik uslubdagi libos

Foto: Marie Claire

Mazkur ko‘ylakni istalgan yer va joyga kiyishi mumkinligi sabab ham uzoq yillardan beri urfdan qolmaydi. Bunday libosni ishga yoki yorqin aksessuarlar qo‘shib, kechki tadbirlarga ham kiysa bo‘ladi. Qolaversa, klassik uslubdagi libos qomat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar barchaga yarashadi. Uni krossovka, charm yoki jinsi kurtka, bo‘lmasa poshnali tufli va bleyzer bilan moslab kiysa bo‘ladi.

Ko‘ylak-libos

Foto: Marie Claire

Ilk marta Koko Shanel tomonidan taqdim qilingan bunday bichimli libos ayollar garderobi uchun muhim. Ko‘ylak-libosni kundalikka, oqshom uchrashuvlariga ham kiysa bo‘ladi. Ishga o‘zini, alohida uchrashuvlarga esa yorqin aksessuarlar bilan birga kiyish tavsiya qilinadi.

Sarafan

Foto: Marie Claire

Yana bir universal variant — oddiy bichimli yoki A-siluetli sarafan. Sarafanni yozda futbolka bilan, sovuq kunlarda esa vodolazka va jemferlar bilan kiyish mumkin. Qaysi faslda kiyishdan qat’iy nazar, tanlov borasida tabiiy matodan tikilganiga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Kechki libos

Foto: Marie Claire

To‘y, tug‘ilgan kun va boshqa tadbirlar uchun uzun libos — yaxshi variant. Uni faqat baland bo‘yli qizlar kiyishi mumkin, degan qarash noto‘g‘ri. To‘g‘ri tanlansa, hammaga yarashishi mumkin. Bo‘yi baland bo‘lmagan qizlarga uzun libosni “virez”lisini, to‘la ayollarga esa bel qismiga urg‘u berilgan modellarni tanlash tavsiya qilinadi.

“Kokteyl” liboslar

Foto: Marie Claire

Romantik bichimli yoki uzun liboslarni kiyish uchun har doim ham sabab topilmasligi mumkin, lekin oddiy va bachkana bo‘lmagan liboslarni kiyish uchun sabab shart emas, ular har doim dolzarb. Shu sabab e’tiboringizni o‘zgacha ko‘rinishdagi, shu bilan birga, yetarlicha rasmiy modellarga qarating va boradigan joyingizga qarab oyoq kiyim va kurtka moslang.

От qwert.uz