O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova jiyani, aktrisa Zuhra Soliyeva tomonidan o‘zi haqida turli xil gap-so‘zlar tarqalganiga munosabat bildirdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: You Tube

Bu haqda aktrisa YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi.

Zuhra Soliyeva baribir jigarim, shogirdim. O‘zim u niholni ekdim, o‘stirdim, u meva bermoqda, meva berganidan xursandman. U yoshlik qilib bir nimalar degandir, yoshlik qilib nimalargadir ishongandir. Hayotda kimdir kimnidir yomonlaydi, kimdir yolg‘onlarni bir-biriga yetkazadi.

Balki yoshim katta bo‘lgani uchun bu narsalarga ko‘p e’tibor bermayman,  chunki uning qanotlarini sindirishni istamayman. Uning otasi, onasi, vafot etgan Fotima egizagiga va’da berdimmi, va’damning ustida turaman. Uning qo‘lidan ushlab, san’at nonini yeyish oson emas, ammo chidasang, mehnat qilsang, katta, buyuk san’atkorlar qatoriga qo‘shilasan, muxlislaring bo‘ladi, deb va’da berganman, shu va’damni bajardim deb o‘ylayman.

Qizim bo‘lmagani uchun uni qizimdek yaxshi ko‘rganman. Oilamiz bilan yaxshi ko‘rganmiz. U chiqqan ko‘rsatuvni ko‘rmadim, ammo ko‘rganlar ‘Zuhra sizga sog‘lik tilab yig‘ladi’, — dedi. Ko‘rdingizmi, baribir jigarni jigardan hech qachon ayirib bo‘lmaydi. Hammaning gapiga u ham, men ham quloq solmasligimiz kerak. Shuni undan iltimos qilib qolaman.

Bir-birimizni asrab, kerakli bo‘lib yashaylik. Hech qachon ayrilmaylik. Mendan o‘tgan bo‘lsa, kechirsin, men uni kechirganman. Omadini bersin.

Saida Rametova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

От qwert.uz