“Soyuzmultfilm” kinostudiyasi “Senimi shoshmay tur” multfilmining so‘nggi vizual tasvirini namoyish qildi. Muhokama uchun 30 dan ortiq variantlar taqdim etilgan edi, deya xabar beradi “Korrespondent.net” — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: “Korrespondent.net”
“Ijodiy guruhimiz uzoq vaqt sevimli qahramonning zamonaviy timsolini izladi. Shuningdek, obrazning 30 dan ortiq ko‘rinishi yaratilgan edi. Asosan, xarakter xususiyatlarining o‘rtachasini topish, shuningdek, klassik versiyani saqlab qolishga katta ahamiyat qaratildi. Masalan, hozirgi Quyonning ko‘z rangi avvalgisi bilan bir xil”, − deydi bosh prodyuser Yuliya Osetinskaya.
Foto: “Korrespondent.net”
Aktyor Dmitriy Xrustalev ovozlashtirish vazifasini bajarmoqda. Multfilmni qayta ishlashda Quyonning quloqlari shakli o‘zgargan, mo‘ylovlari yo‘q, soch turmagi qo‘shilgan. Odatdagidek yashil kostyum o‘rniga qahramonlar futbolka, shim, krassovka va qo‘lida soat bilan namoyon bo‘ladi.
Foto: “Korrespondent.net”
Shuningdek, Bo‘rining tilidan aktyor Garik Xarlamov gapiradi. “Agar bo‘ri tasviriga e’tibor berilsa, unda biroz salbiylik aks etgan, Quyonda esa aksincha, uning tasviri yumshoq va yaxlit. U bir tomondan juda yoqimli, ammo o‘ziga xos hiyla-nayrangga ega”, − deydi kinostudiya direktori Boris Mashkovsev.
Foto: “Korrespondent.net”
Kinostudiya 2020-yilda “Senimi shoshmay tur” multfilmining yangi fasli ustida ishlashni boshladi. Birinchi mavsum 52 qismdan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, studiya allaqachon uchta yangi personaj ham qo‘shgan. Ular: bo‘rsiq Tim, tipratikan Shu va kiyik Ulya. Multfilm klassik versiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri davomi emas, u an’anaviy dialogsiz komediya janrini saqlagan holda hikoya qilib berishdan iborat. Multfilm taqdimoti 2020-yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan.
Foto: “Korrespondent.net”